“Denov-Agro Star” MCHJ limon koʻchatlari issiqxonasini qurish uchun pudratchi tanlovini eʼlon qiladi
“Denov-Agro Star” MCHJ pudratchi tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Tanlov “Limon koʻchatlari yetishtirish issiqxonasi” (murakkab qurilmalarsiz) barpo etish ishlari uchun oʻtkaziladi. Issiqxona Surxondaryo viloyati, Denov tumanida korxonaga tegishli 1,0 gektar yer maydonida quriladi.
Loyiha haqida umumiy maʼlumot
Loyiha nomi: Surxondaryo viloyati, Denov tumanida oʻziga tegishli yer maydonida (1,0 ga) “Limon koʻchatlari yetishtirish issiqxonasi” (murakkab qurilmalarsiz) tashkil etish.
Buyurtmachi: “Denov-Agro Star” MCHJ.
Obyekt manzili: Surxondaryo viloyati, Denov tumani.
Moliyalashtirish manbai: buyurtmachining oʻz mablagʻlari.
Loyihaning asosiy maqsadi 1,0 gektar maydonda limon koʻchatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona barpo etishdir. Issiqxonada energiyani tejaydigan texnologiyalar qoʻllaniladi.
Loyiha ikki hujjat asosida amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DUK Surxondaryo viloyati boshqarmasining ijobiy yigʻma ekspert xulosasi;
tasdiqlangan lokal smeta hujjatlari.
Bajariladigan ishlar hajmi
Umumqurilish va issiqxona konstruksiyasi ishlari:
– issiqxona konstruksiyasini toʻliq oʻrnatish va montaj qilish (qiymati 8 742 188 930 soʻm);
– obyekt hududida ayvon qurish va hududni obodonlashtirish.
Suv taʼminoti va irrigatsiya tizimlari:
– tashqi suv taʼminoti va oqova suv (kanalizatsiya) tarmoqlarini tortish;
– sigʻimi 200 kub metr boʻlgan suv hovuzi (rezervuar) qurish;
– limon koʻchatlarini sugʻorish uchun irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish.
Elektr taʼminoti va avtomatlashtirish:
– elektr taʼminoti tarmogʻini tortish va transformator podstansiyasini (TP) oʻrnatish;
– obyektni “Xurmazor” 35/10 kV podstansiyasi F-7 fiderining 10 kV li elektr uzatish liniyasidagi eng yaqin tayanchga ulash;
– sarflangan elektr energiyasini hisobga olish uchun ASKUE tizimini oʻrnatish.
Energiya samaradorligi va muqobil energiya:
– quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) oʻrnatish (elektr taʼminotidagi uzilishlarning oldini olish va energiya tejamkorligini oshirish uchun);
– zaxira generator bilan taʼminlash;
– hududda energiyani tejaydigan yoritish chiroqlaridan foydalanish.
Pudratchini baholash mezonlari
Oʻxshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi (eng koʻpi 20 ball):
– soʻnggi 5 yilda qishloq xoʻjaligi obyektlari (issiqxona, suv hovuzi) va yirik muhandislik tarmoqlarini (FES, TP) 3 va undan ortiq marta muvaffaqiyatli topshirgan boʻlsa – 20 ball;
– 1–2 ta oʻxshash obyektni topshirgan boʻlsa – 10 ball;
– tajribaga ega boʻlmasa – 0 ball.
Malakali mutaxassislar va muhandis-texnik xodimlar (eng koʻpi 20 ball):
– litsenziya yoki ruxsatnomaga ega mutaxassislarning toʻliq tarkibi shtatda mavjud boʻlsa – 20 ball. Toʻliq tarkibga quruvchi, santexnik, elektr montajchi, payvandchi va FES mutaxassisi kiradi;
– mutaxassislarning asosiy qismi shtatda boʻlib, qolganlari shartnoma asosida jalb qilinsa – 10 ball;
– xodimlar tarkibi va malakasi talabga javob bermasa – 0 ball.
Moddiy-texnik baza va maxsus texnika (eng koʻpi 15 ball):
– zarur maxsus texnikaning barchasi (ekskavator, avtokran, yuk mashinalari) oʻz mulkida boʻlsa – 15 ball;
– texnikaning asosiy qismi uzoq muddatli ijaraga olingan boʻlsa – 10 ball;
– texnika bazasi yetarli boʻlmasa – 0 ball.
Ishlarni bajarish kalendar grafigi (eng koʻpi 15 ball):
– grafik texnologik jarayonlarga mos, muddatlar optimal va sifatga taʼsir qilmaydigan darajada asoslangan boʻlsa – 15 ball;
– muddatlar oʻrtacha boʻlsa – 8 ball;
– muddatlar asossiz choʻzilgan yoki real boʻlmagan darajada qisqa boʻlsa – 0 ball.
Sifat kafolati va texnik xizmat koʻrsatish (eng koʻpi 15 ball):
– asbob-uskunalar, konstruksiyalar va umumqurilish ishlariga 2 yil va undan ortiq kafolat hamda bepul texnik xizmat taklif etilsa – 15 ball;
– standart 1 yillik kafolat taklif etilsa – 7 ball;
– kafolat va xizmat shartlari aniq koʻrsatilmagan boʻlsa – 0 ball.
Takliflarni topshirish tartibi
Takliflarni qabul qilish muddati: 2026-yil 5-oktyabr, soat 18:00 gacha.
Elektron pochta: info@denovagrostar.uz..
Maʼlumot uchun telefon: 937935551.
Tanlov ishtirokchilari taklif bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:
– tashkilot rekvizitlari;
– litsenziya va ruxsatnomalar nusxalari;
– bajarilgan oʻxshash obyektlar roʻyxati;
– mutaxassislar roʻyxati;
– texnika bazasi haqidagi maʼlumot;
– kalendar grafigi;
– kafolat shartlari.
Texnik topshiriqning toʻliq matni va smeta hujjatlari bilan buyurtmachi manzilida tanishish mumkin.