“Denov Agro Star” va “Bioprime”: agrosohada yangi hamkorlik sari
Turkiya Respublikasining Mersin shahridagi Tarsus hududida joylashgan “Bioprime” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda “Denov Agro Star” korxonasi vakillari ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida “Bioprime” kompaniyasining faoliyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash va kelgusida hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.