“Batem” G‘arbiy O‘rta yer dengizi qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar instituti bilan memorandum imzolandi
“Uzagrostar Holding” kompaniyasi hamda “Denov Agro Star” korxonasi vakillaridan iborat ishchi guruhning Turkiyaga safari davomida Antaliya viloyatidagi “Batem” G‘arbiy O‘rta yer dengizi qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida mazkur institutning mevachilik bo‘limidan “Bigaradiya” (achchiq apelsin) urug‘laridan 125 ming dona olib kelinib, ayni paytda “Denov Agro Star” MChJ issiqxonalarida parvarish qilinmoqda.
Uchrashuv davomida institutning malakali mutaxassislari bilan tajriba almashilib, ko‘chatlarni daraxt holiga kelguniga qadar parvarishlash va yetishtirish, shuningdek, limonchilik sohasida ilmiy-texnik va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Unga ko'ra, limonni quritish texnologiyasini, xususan, sedra kukuni va boshqa quritilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni “Denov Agro Star” korxonasida joriy etiladi.
Qolaversa, mahsulotni chuqur qayta ishlash, jumladan, efir moyi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha bilim va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish ham ko'zda tutilgan.