“Denov Agro Star” mutaxassislarining Turkiya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida navbatdagi manzil Adana shahridagi “Serdar” fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
Delegatsiya fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilayotgan yeryong‘oq ekinlarini bevosita dala sharoitida ko‘zdan kechirib, mahalliy dehqonchilik tajribasi bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, birinchi ekin sifatida ekilgan yeryong‘oq dalasi o‘rganilib, ekinni yetishtirish, parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish tajribasi kuzatildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligining ikkinchi ekin sifatida ekilgan yeryong‘oq dalasi ham ko‘zdan kechirildi. Bir yer maydonidan yil davomida samarali foydalanish, ikkinchi ekin sifatida yeryong‘oq yetishtirish hamda hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tajribalar o‘rganildi.
Mazkur tajriba almashinuvi Surxondaryo sharoitida yeryong‘oq yetishtirish samaradorligini oshirish, ekin maydonlaridan unumli foydalanish va ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.