“Denov agro star” MChJ Denov tumani “Jamatak” mahallasi hududida yengil konstruksiyali limon ko‘chatchilik savdo maishiy xizmat
doʻkonlari va tomorqa yer egalariga xizmat koʻrsatish shaxobchalari va oʻquv binosidan iborat agromajmua barpo etish uchun pudratchi tashkilotlarni tanlov asosida hamkorlikka chorlaydi.
Pudratchiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Qurilish sohasida kamida 5 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish obyektlari, omborxonalar hamda yordamchi inshootlarni qurish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
- Qurilish-montaj ishlarini amaldagi shaharsozlik normalari va qurilish me’yorlari asosida sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- Malakali muhandis-texnik xodimlar, quruvchilar va mutaxassislardan iborat doimiy ishchi guruhiga ega bo‘lishi;
- Qurilish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus texnika, mexanizmlar, asbob-uskunalar va transport vositalariga ega bo‘lishi yoki ularni jalb etish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- Qurilish materiallari va konstruksiyalarining sifati hamda ularning amaldagi standartlarga muvofiqligini ta’minlashi;
- Mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilishi;
- Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
Ilgari bajarilgan o‘xshash qurilish obyektlari bo‘yicha tavsiyanomalar, shartnomalar yoki bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olishi;
- Moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lib, ishlarni o‘z vaqtida boshlash va yakunlash uchun yetarli resurslarga ega bo‘lishi.
Batafsil ma’lumot: tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan pudratchilar uchun barcha texnik shartlar, loyiha detallari va qo‘shimcha talablar "Denov Agro Star" MChJ ofisida shaxsan uchrashuv davomida batafsil tushuntiriladi.
Loyiha qiymati va moliyalashtirish. Umumiy loyiha qiymati: 10 mlrd 295 mln. so‘m (O‘zbekiston so‘mida).
Tanlov muddatlari.
Ariza topshirish muddati - ushbu e’lon e’lon qilingan kundan boshlab 2 kun etib belgilanadi. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Jamatak” MFY, Farovon ko‘chasi 45 uy.
Murojaat uchun telefonlar: "Denov Agro Star" MChJ rahbari: ++998 91 574-74-04
Elektron pochta: info@denovagrostar.uz
Murojaat vaqti: ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha.